Dzyudo
Tuana Gulenay Toshkentda jahon chempioni bo‘ldi
21-noyabr kuni Toshkentda o‘tgan yoshlar jahon chempionatining -78 kg finalida Turkiya vakili Tuana Gulenay dunyo reytingi yetakchisi Kristina Konovalovani (Rossiya) mag‘lub etib, mamlakati uchun ilk jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Gulenay 20 soniyada waza-ari bahosi bilan ustunlikni qo‘lga oldi va raqibiga imkon qoldirmadi.