Dzyudo
O‘zbekiston yoshlar JChning shaxsiy bahslarida uch medal oldi
IJF yakuniy jadvaliga ko‘ra, O‘zbekiston Toshkentdagi yoshlar jahon chempionatining shaxsiy bahslarini beshinchi o‘rinda yakunladi. Muhammadjon Masharipov −60 kg vaznda oltin, Sadulla Ravshanov −81 kg vaznda kumush, Fazliddin Rafikov +100 kg vaznda bronza oldi.