Futbol
Xorazm safarda Qo‘qon-1912ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasining 29-turida Xorazm jamoasi safarda Qo‘qon-1912 ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Urganchliklar safida Rafael Tavaresh dubl qayd etdi: u 60 va 80-daqiqalarda gol urib, jamoasiga muhim uch ochko olib keldi.