Dzyudo
O‘zbekiston kadetlar Gran-prisining birinchi kunida 12 ta medal oldi
24-noyabr kuni Toshkentda o‘tgan kadetlar Gran-prisining ochilish kunida O‘zbekiston jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Musobaqaning dastlabki kunida jami 8 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. O‘zbekiston umumiy hisobda yetakchilik qilmoqda.