Futbol
«Neftchi» va «Al-Hilol» bugun Farg‘onada o‘ynaydi
23-noyabr kuni «Neftchi» AFC Chempionlar ligasi Elitasining 5-turida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubini qabul qiladi. Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida o‘tadigan uchrashuv mahalliy vaqt bilan 18:45 da boshlanadi. AFC ma’lumotiga ko‘ra, bu ikki klubning ilk o‘zaro uchrashuvi.